Jamiyat | 23:05 / 17.11.2015
4062
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezident Fransua Olland 26 noyabr kuni Moskvaga tashrif buyuradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Fransua Olland 26 noyabr akuni terrorizmga qarshi kurash masalasida Moskvada uchrashishadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yetakchilar telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi haqida gaplashishgan.


Ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishini Yelisey saroyi rasmiy vakillari ham tasdiqlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish