Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:36 / 17.11.2015
3118
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada 13 yoshli bola tasodifan o‘z sinfdoshini otib qo‘ydi
Fransiyada 13 yoshli bola maktab avtobusida tasodifan o‘z sinfdoshini otib qo‘ydi, deb xabar bermoqda France Info.
Mahalliy OAV bergan ma'lumotga ko‘ra, bola sumkasidan otasining to‘pponchasini do‘stiga ko‘rsataman deb olgan va uni otib qo‘ygan.
Olingan jarohat tufayli 12 yoshli bola halok bo‘lgan.
Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng, kollej binosi politsiya bilan o‘rab olingan hamda tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish