Jahon | 07:54 / 17.11.2015
2428
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada izdan chiqib ketgan poyezd mashinisti tezlikni oshirmagani haqida aytdi

14 noyabr kuni Fransiya shimoli-sharqida izdan chiqib, halokatga uchragan poyezdni boshqargan shaxs o‘sha paytda tezlikni oshirmagani haqida ma'lum qildi.

BFMTV telekanalida aytilishicha, u poyezdni ruxsat etilgan tezlikda haydagan.

Bundan oldinroq, relsdan chiqib ketgan TGV poyezdi soatiga 350 km tezlikda harakatlangani haqida xabar berilgandi.

Prokuratura organlari bu ma'lumot poyezdning "qora qutisi" tekshirilganidan keyin tasdiqlanishi yoki tasdiqlanmasligini bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni Strasburg shahri yaqinida poyezd izdan chiqib ketishi natijasida 11 kishi halok bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish