08:49 / 17.11.2015
4178

G20 sammitida rossiyalik jurnalistlarning yo‘qolgan yuki Parijdan topildi

Antaliyada o‘tgan G20 sammitidan so‘ng, rossiyalik bir qancha jurnalistlarning yuki yo‘qolib qoldi. So‘ng ular Parijdan topildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” rossiyalik diplomatning ma'lumotiga asoslanib.

Uning aniqlik kiritishicha, olti nafar rossiyalik jurnalistning yuklari anglashmovchilik sabab Parijga ketib qolgan. U yerdagi tekshiruv ishlari paytida ular topilgan.
Ayni damda yuklarni o‘z egalariga qaytarish borasida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Top