09:40 / 17.11.2015
2864

Garvard kampusida bomba borligi haqidagi xabar tufayli talabalar evakuatsiya qilindi

16 noyabr kuni kechasi AQShdagi Garvard universiteti kampusida joylashgan 4ta binodan talabalar evakuatsiya qilindi. Bunga universitet hududiga bomba joylashtirilgani haqidagi xabar kelib tushgani sabab bo‘lgan.

"Bu haqdagi xabar tasdiqlanmadi. Odamlar binolardan xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Huquq-tartibot xodimlari voqea joyiga yetib kelishgan. Kampus hududiga kirishlar yopib qo‘yilgan", deyiladi Garvard universitetining rasmiy sayti xabarida.

Ma'lumot uchun, Garvard universiteti dunyoning eng mashhur o‘quv dargohlaridan biri hisoblanadi. Bu universititer Massachusets shtatining Kembrij shahrida joylashgan. 2010 yil ma'lumotiga ko‘ra, Garvarddagi talabalar soni 6,7 ming nafarga, aspirantlar soni esa 14,5 ming nafarga yetgan.

Universitet o‘zini bitirib chiqqan talabalarning milliarderlarga aylanishi ko‘rsatkichlari borasida dunyoning eng ildam o‘quv dargohi hisoblanadi.

Top