23:40 / 17.11.2015
4286

GM Uzbekistan avtomobillari savdosi Qozog‘istonda yanvar-oktabr oylarida 62 foizga tushib ketdi

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi avtomobillari savdosi Qozog‘istonda 2015 yilning yanvar-oktabr oylarida 2014 yilning shu davriga nisbatan 62,19 foizga, ya'ni 8592 donadan 3249 donagacha tushib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston avtomobil biznesi uyushmasi ma'lum qildi.

GM Uzbekistan 2015 yil oktabrda 664 ta mashina sotgan. Kompaniya oktabrda savdo bo‘yicha Lada (1234 ta mashina), Renault (975) va Chevrolet’dan (697) keyin 4-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra GM Uzbekistan Qozog‘istonda avtomobillar sotilishi hajmi bo‘yicha 9-o‘rinni egalladi.

Top