08:56 / 17.11.2015
2738

Kemeron ekstremizmni qoralayotgan musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron islomni tinchlik dini sifatida ko‘rishni taklif qilayotgan faollarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Albatta, ekstremistik mafkura asl islom emas. Bu aniqdan aniq. Lekin shunchaki islom tinchlik dini deyish, islomning ekstremizm bilan har qanday aloqalarini rad qilish yetarli emas. Nega? Chunki bu ekstremistlar o‘zlarini musulmon sifatida ko‘rmoqda. Tunisdan Parij ko‘chalarigacha bu qotillar har qayerda o‘zining muayyan dinga tegishli ekanligi haqidagi yolg‘on so‘zlarini takrorlamoqda”, - dedi Kemeron.

Shu bois, uning fikricha, islomga boshqacha qarashni taklif qilayotganlarni yoqlash lozim.
“Biz g‘oyalar jangida neytrallikni saqlashimiz kerak emas. Bizning qarashlarimizga qo‘shiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashimiz, ular amaliy moliyaviy yordam ko‘rsatishimiz, kampaniyalar o‘tkazishimiz, ularni himoya qilishimiz, ularning siyosatdagi ishtirokini ta'minlashimiz kerak”, - xulosa qildi Britaniya yetakchisi.

Top