Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurashchilar Qozonda o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l olishdi
O‘zbekistonning belbog‘li kurash bo‘yicha terma jamoasi 17 noyabr kuni Rossiyaning Qozon shahriga, u yerda o‘tadigan XIII jahon chempionatida ishtirok etishga yo‘l oldi.
Chempionat 19-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga kirgan 15 sportchi va murabbiydan 2 nafari – xalqaro A va B kategoriyalariga ega Ne'matjon To‘ychiyev va Shavkat Mirzaqulovlar musobaqada hakamlar sifatida ishtirok etishadi.
“O‘zbek milliy sport turi bo‘lmish belbog‘li kurash borgan sayin kengroq xalqaro e'tirofga sabab bo‘lmoqda, - dedi belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov “Turkiston-press” agentligiga bergan intervyusida. – Sportning bu turida xalqaro birinchiliklar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyada mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ko‘rsatilgan yordamni alohida qayd qilib o‘tmoqchi edim. Umid qilamanki, o‘zbekistonlik sportchilar ushbu jahon birinchiligida munosib natijalar ko‘rsatadi”.