18:23 / 17.11.2015
2709

Miramax films kinostudiyasi Al Jazeera tomonidan sotib olinishi mumkin

Amerikalik milliarder Tomas Barrak va bir qator investorlar AQSh kinokompaniyasi sanalgan Miramax films Qatarning yirik mediaguruhi sanalgan Al Jazeera Media Network`ga tegishli bo‘lgan BeIN Media Group mediagigantiga sotilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, savdo muzokaralari 2015 yilning oxiriga qadar yakunlanishi mumkin. Agar savdo amalga oshgan taqdirda Miramax BeIN`ga Hollivud tarkibiga kirish imkoniyatini beradi. Buning natijasida Qatar mediakonserni «Aqlli Uill Xanting» kabi filmlarini suratga olishi mumkin bo‘ladi.

Moliyaviy maslahatchi sifatida muzokaralarda Morgan Stanley konsaltingi ishtirok etmoqda. Miramax`ning narxi hozircha aniq aytilmayapti. Kompaniyaning hozirgi egalari 2010 yilda uni 660 mln dollar evaziga sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Miramax kinostudiyasi 1 mlrd dollarga sotilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top