23:58 / 17.11.2015
2463

Misr hukumati mamlakatdagi barcha aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytiradi

Misr ichki ishlar vaziri mamlakatdagi barcha aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirilishi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuklar va yo‘lovchilarni tekshirish yanada kuchaytiriladi.
Avvalroq Misr hukumati A321 halokatida hech qanday jinoyat izlari yo‘qligi haqida ma'lum qilgan edi.

Top