Jahon | 12:26 / 17.11.2015
5097
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh, Fransiya yoki Rossiya IShIDga qarshi kurashadigan yangi koalitsiyani boshqarishi mumkin

AQSh, Fransiya yoki Rossiya IShIDga qarshi yangi xalqaro koalitsiyani boshqarishi mumkin. Ushbu fikr The Wall Street Journal gazetasining internet saytida o‘rin olgan sharhlovchi Jareld Seybning maqolasida keltirib o‘tilgan.

“AQSh, Fransiya yoki hatto Rossiya rahbarligida barcha manfaatdorlar ishtirokida maxsus xalqaro koalitsiyani tuzish mumkin”, - deydi u. Muallifning oydinlik kiritishicha, IShIDga qarshi yangicha va samarali kurash olib borish uchun barcha manfaatdor kuchlar va davlatlar, jumladan, Yaqin Sharqdagi IShID raqiblarni bir joyga jamlash kerak. Biroq ayni paytda IShIDga qarshi kurash juda xilma-xil bo‘lib, kurdlar va shialar ochiqdan-ochiq kuchsizlik qilmoqda.

“Va mazkur bo‘shliqni AQSh va NATO qo‘shinlari to‘ldira olmaydi. Idealda IShID tahdid solayotgan Iordaniya, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko‘rfazi davlatlari, shu jumladan, Turkiyadagi sunniy kuchlarni ham ushbu jarayonga jalb etish kerak, - deb hisoblaydi Seyb. – Biroq biz bunday birlashma tabiiy holatda vujudga kelmasligini bilamiz. Buning uchun xalqaro “qalqon” zarur”.

Muallif bunday koalitsiya tashkil etishning uch variantini taklif qilmoqda. “Bu NATO yordamida tashkil etiladigan kuch bo‘lishi mumkin, g‘arb mamlakatlari harbiy havo kuchlari, razvedka va tavsiyalari bilan yordam beradi. Biroq muammo shundaki, mazkur variant g‘arb kolonializmi ishtahasini ochib yuborib, Suriya muammosini hal etishning bir qismi mumkin va shart bo‘lgan Rossiyaning ishtirokini inkor qiladi”, - deydi sharhlovchi.

Tahlilchining fikricha, kuchlar BMT shafeligi ostida birlashtirilishi ham mumkin. Biroq BMT siyosati har doim murakkab bo‘lib kelgan. So‘nggi taklif sifatida yangi maxsus xalqaro koalitsiyaga AQSh, Fransiya yoki Rossiya rahbarlik qilishi mumkinligini aytib o‘tdi. “Yaqin istiqbolda vaziyatni nazorat ostiga olish uchun ishni Suriya va Iroqdagi IShID boshqaruv markazlarini bartaraf etish bilan boshlash kerak. Oxir-oqibatda boshqa armiyani yengish uchun armiya kerakligi hisobga olinishi lozim”, - deya o‘z fikriga yakun yasaydi muallif.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish