Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazilishi imkoniyatini istisno qildi
AQSh prezidenti Barak Obama AQSh IShIDga qarshi kurashish strategiyasini o‘zgartirmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Obamaning aytishicha, Parijdagi teraktlarga qaramasdan, AQShning Suriyada yer usti operatsiyasini o‘tkazishi “xato bo‘lar edi”.
Obamaning ta'kidlashicha, AQSh boshchilik qilayotgan IShIDga qarshi koalitsiya o‘zining hozirgi strategiyasini amalga oshirish uchun sa'y-harakatlarini ikki barobar ko‘paytiradi, biroq uni o‘zgartirmaydi.
Obamaning so‘zlaricha, AQSh maxsus xizmatlari oxirgi yarim yil ichida IShIDning g‘arb davlatlarida teraktlar uyushtirilishi mumkinligidan xavotirlanishgan. Biroq aynan Parijga hujum qilinishi haqida aniq xavflar olinmagan va oqibatda terrorchilar hujumining oldini olish imkoni bo‘lmagan.
Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland Parijda sodir etilgan teraktlar Suriyada rejalashtirilib, Belgiyada tayyorlanganligini aytgan edi.