Jahon | 00:34 / 17.11.2015
4049
1 daqiqa o‘qiladi

Olland terrorizmga qarshi kurash maqsadida Putin va Obama bilan uchrashadi

Fransiya prezidenti Fransua Olland yaqin kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obama bilan birgalikda terrorizmga qarshi kurash masalasida uchrashishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning ma'lum qilishicha, u Obama bilan Vashingtonda, Putin bilan esa Moskvada ko‘rishishni rejalashtirgan.

Olland bu ma'lumotni Fransiya kongressidagi chiqishi paytida ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish