O‘zbekiston | 18:47 / 17.11.2015
2964
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo taraqqiyot banki Namangan viloyatida kanallar qurilishini moliyalashtiradi

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida 2016-2018 yillarda kanallarni rekonstruksiya qilish va qurish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Namangan kiloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 27,5 kilometrlik Yon kanali va 14 kilometrlik Gaznon kanallari to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Yangiqo‘rg‘on tumani irrigatsiya tizimlari boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Turdiyevning aytishicha, bugungi kunda 18 kilometrlik Xodikent kanali rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Avval bu kanalning o‘tkazish qobiliyati bir soniyada 3 kub metr suvni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich bir soniyada 7 kub metrni tashkil qilmoqda. Bu suvi kam bo‘lgan Zarkent, Xodikent, Gulshan, Zarbdor va boshqa hududlarning suv ta'minoti darajasini oshirishga imkon beradi.

Bu ichimlik suvi bilan nafaqat aholini ta'minlashga, balki tuman iqtisodiyotining asosini tashkil qilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishga imkon beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish