O‘zbekiston | 09:39 / 17.11.2015
5467
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Parijdagi teraktlarni qoraladi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansurov xorijiy OAVga bergan intervyusida Parijda sodir etilgan teraktlarni keskin qoraladi.

“Biz Parijning olti joyida portlashlarni ko‘rdik – konsert zalida, stadionda. Toshkentda kim bilan uchrashmay, bari IShID jangarilarining harakatlarini qoralamoqda. Islom dini qoidalari qo‘poruvchilik harakatlari va qotilliklarni qabul qilmaydi. Teraktlar yana bir bora “Islom davlati” nomi ostida harakat qilayotgan tashkilotning asl mohiyatini ko‘rsatdi”, - dedi Mansurov.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu terrorchi tashkilot O‘zbekistonning xavfsizligiga ham tahdid solishi mumkin.

“Bugun dunyodagi birorta ham davlat xavfsizlikdaman, bu menga aloqador emas, deb ayta olmaydi. Bu haqda davlatimiz rahbari ham bir necha bor aytgan edi. O‘zingiz ko‘rib turganingizdek, ularda targ‘ibot bizdagidan ko‘ra ancha keng va miqyosli olib borilmoqda. Internet, uyali aloqa orqali yoshlar buni ko‘rmoqda va ularning saflariga qo‘shilmoqda. Shu bois biz xushyorlikni yo‘qotmasligimiz kerak. O‘zbekiston musulmonlar idorasi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kelayotgan juma kuni Parijdagi teraktlar va xushyorlik haqida amri ma'ruflar o‘qiladi”, - ma'lum qildi shayx.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish