14:53 / 17.11.2015
3502

O‘zbekiston TIVda diplomatik xizmatning yangi rahbari tayinlandi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlikning Diplomatik xizmatlar bo‘limiga («Dipxorijxizmat») yangi rahbar tayinladi.

Vazirlikning rasmiy saytida ko‘rsatilishicha, bu lavozimga bundan oldin O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli sifatida ishlagan Abdurahim Qayumov tayinlandi.

U bu lavozimda shu vaqtgacha faoliyat yuritgan Obidjon Jo‘rayevni almashtirdi.

Top