21:57 / 17.11.2015
2562

O‘zbekistonda o‘tgan hafta kelib chiqqan yong‘inlardan 719 mln so‘mlik moddiy zarar saqlab qolindi

O‘tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 230 ta yong‘inlar qayd etildi. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 542 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 719 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida yashovchi fuqaro X.Abidovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi fuqaro Q.O‘ktamovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 95 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro A.Alisherovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Top