Jahon | 09:06 / 17.11.2015
2672
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: AQShga yolg‘iz terroristlar eng ko‘p xavf tug‘diradi

Bugungi kunda IShID tomonidan AQSh uchun uyushtiriladigan tahdidlar ichida yolg‘iz terroristlar eng ko‘p xavf tug‘diradi, deya ma'lum qildi Pentagon rahbari Eshton Karter.

Karter misol sifatida 2015 yilning iyul oyida Tennesi shtatidagi rekruting markazi (kadrlar agentligi)ga uyushtirilgan hujumni esga olib o‘tdi.
Ayni paytda u AQShda terroristlar mavjudligi ehtimoli Yevropaga nisbatan kamroq ekanini ta'kidlab, Amerikada “ayrim Yevropa mamlakatlaridagi kabi azaldan terrorizmga moyilligi bo‘lgan fuqarolar” yo‘qligini ma'lum qildi.

Avvalroq esa Pntagon rahbari Eshton Karter Fransiya uchun IShID jangarilari haqidagi razvedka ma'lumotlarini yetkazish bo‘yicha cheklovlarni yumshatishni yoqlab chiqqan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish