Sport | 16:14 / 17.11.2015
2532
1 daqiqa o‘qiladi

Pirlo 2 mln yevro evaziga Turkiya klubi safida 8ta uchrashuv o‘tkazadi

Turkiyaning «Antaliyaspor» klubi prezidenti Gyultekin Genjyerning xabar berishicha, jamoa AQShning «Nyu-York Siti» klubiga tegishli bo‘lgan Andrea Pirloni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Genjyer Pirlo bilan muzokaralar olib borgan va italiyalik futbolchini «Antaliyaspor» klubi safida Turkiya chempionatining sakkizta uchrashuvida maydonga tushishga ko‘ndirgan.

«Biz Pirlo va uning agenti bilan muzokaralar olib bordik. Pirlo Turkiyada 8 uchrashuv o‘tkazishga rozilik berdi» — deya Genjyerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fanatik.

Xabarda yozilishicha, Pirloning agenti futbolchi o‘tkazadigan 8ta uchrashuv uchun 2 million yevro olish bo‘yicha taklif kiritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish