Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:07 / 17.11.2015
2988
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda poyezd halokatga uchrab, 9 kishi halok bo‘ldi va 100 kishi jarohatlandi
Pokistonda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi izdan chiqib ketdi. Bu haqda Itele telekanali tvitterida xabar qilingan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu halokat oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 100 kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida poyezd haydovchisi ham bor.
Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.