Jahon | 08:03 / 17.11.2015
12311
1 daqiqa o‘qiladi

Putin G20 a'zolarini IShID bilan moliyaviy hamkorlikda aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida “Katta yigirmatalik”ka kiruvchi ayrim davlatlarni IShID terrorchilik tashkiloti bilan neft savdosi bo‘yicha hamkorlik qilayotganlikda aybladi.

Putin terrorchilarning moliyaviy manbalari haqida gapirganda, fazodan olingan suratlarda “neft va neft mahsulotlarining keng ko‘lamda noqonuniy savdosiga guvoh bo‘lish mumkin”ligini ta'kidlab o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suratlarda neft ortilgan mashinalar kalonnasini o‘nlab kilometrga cho‘zilib yotganligi tasvirini ko‘rish mumkin.

Kremlning ishonch bildirishicha, IShID dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan moliyaviy ko‘mak oladi. Ushbu mamlakatlar orasida G20 ga a'zo davlatlar ham bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish