Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: G20 sammitida Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Suriyadagi harakatlari tanqid qilinmadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Suriyadagi harakati borasida gap bo‘lmaganligini ma'lum qildi.
"Umuman olganda, sammitda bu mavzuda tanqid aytilmadi. Bizga siz boshqa yerga hujum qilyapsiz, deb aytishdi. Biz esa, unda qayerga hujum qilishimizni ayting, dedik. Indashmadi. Unda qayerga hujum qilmasligimizni ayting, deb so‘radik. O‘shanda ham gapirishmadi. Shunday ekan, qanday qilib bizni tanqid qilishlari mumkin?”, — dedi Putin G20 sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Ochiq aytaman, ular bizga hujum qilish mumkin bo‘lmagan hududlarni ma'lum qilishdan cho‘chishadi. Va biz aynan o‘sha yerlarga hujum uyushtiramiz”, — deb ta'kidlab o‘tdi prezident.