Jahon | 22:02 / 17.11.2015
3677
1 daqiqa o‘qiladi

Putin IShID bilan kurashish maqsadida Fransiya kemasi bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish”ni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin IShIDga qarshi kurash uchun Fransiya kemasi bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish”ni taklif qildi.

U bu haqda “Rossiya 24” telekanali olib ko‘rsatgan yig‘ilish paytida aytib o‘tgan.
Fransiya prezidenti Fransua Olland terrorchilarga yanada samaraliroq zarba berish maqsadida “Sharl de Goll” avianosetsini yo‘naltirgan edi.

Parij teraktlaridan so‘ng, Fransiya aviatsiyasi Suriyaning Rakki shahridagi IShID marralariga qator aviazarbalar berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish