23:55 / 17.11.2015
2773

Qirg‘izistonda so‘ngi o‘n oy davomida korrupsiyaga doir 595 jinoyat aniqlandi

Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2015 yilning 10 oyi davomida korrupsiya xarakteriga ega bo‘lgan 595 mansabga doir va boshqa jinoyatlarni aniqladi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, korrupsiya holati – 7, pora oldi-berdisi – 48, mansabni suiiste'mol qilish – 239 tani tashkil etgan.

Ushbu jinoyatlarga doir 261 jinoiy ish sudga topshirilgan (81 ishga nisbatan sud qarori chiqqan, 5 nafar kishi ozodlikdan mahrum etilgan, 19 nafari shartli ravishda qamoqqa olingan, 34 nafar kishi 2 mingdan 4 million 500 ming som miqdorida jarimaga tortilgan).

Top