10:09 / 17.11.2015
4385

Suriyaning BMTdagi vakili: Rossiyaning operatsiyasi tufayli 1 mln suriyalik o‘z uylariga qaytdi

Rossiya bilan hamkorlikda o‘tkazilgan harbiy operatsiyalar natijasida ozod qilingan yerlarga 1 mln suriyalik qaytib keldi. Bu haqda Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja'fariy Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi chog‘ida ma'lum qildi.

U Damashqning terrorchilikka qarshi kurashga bel bog‘lagan har qanday davlat bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma'lum qildi.

“Aynan shunday hamkorlik Rossiya bilan o‘rnatilgani bois qo‘shma harbiy harakatlar olib borilmoqda, shuningdek, Suriya, Rossiya, Iroq va Eron o‘rtasida razvedka ma'lumotlarini almashish yo‘lga qo‘yilgan. Bu amaliy natijalarga olib keldi, ya'ni terrorchi guruhlar ko‘p tumanlarni tark etdi, natijada 1 mln nafar suriyalik uylarig qaytdi”, - dedi Ja'fariy.

Top