16:53 / 17.11.2015
10839

Toshkent shahridagi KOICA Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul haqida e'lon qilindi

“O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish (kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash) uchun qabul qilinadi.

Markazda kasb-hunarga o‘qitish (kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash) quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi – avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar), mashinasozlik ishlab chiqarishi (tokarlar, frezerchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari), elektr va elektronika (elektron qurilmalar, maishiy texnika, radio va teleapparatlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar), axborot tizimlari va texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, dasturchilar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislar). Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 10 oy, shundan Markazda kasb-hunarga o‘qish – 6 oy, korxona (tashkilot)da ishlab chiqarish amaliyoti – 4 oy.
Shuningdek, Markazda yuqorida qayd etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha shartnoma asosida korxona (tashkilot)larning ishchi-xodimlari hamda mehnat bozorida talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha ish izlayotgan shaxslar pullik asosda qiska muddatda o‘qitiladi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.

Markazda o‘qish istagini bildirgan shaxslarning hujjatlari, mutaxassislikni fuqaro tomonidan ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Markaz bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom (sertifikat) beriladi.

Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), kasb-hunar kolleji, akademik litsey va/yoki o‘rta ta'lim maktabning 11-sinfini bitirganlik to‘g‘risida hujjat (attestat), Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, tibbiy ma'lumotnoma (086 forma), 35x45 mm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

Hujjatlar 2015 yil 15 noyabrdan 15 dekabrgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 daha.
Murojaat uchun tel: (+99871) 251-19-03, 251-26-91.

Top