Jahon | 18:20 / 17.11.2015
2742
1 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda degermetizatsiyaga uchragan Boeing favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

“Turkmaniston avialiniyalari”ning Boeing 737 samolyoti Rossiyaning Volgograd shahri aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, samolyot degermetizatsiyaga uchragan, ya'ni saloni ochilib qolgan.

“Parvoz chog‘ida havo kemasi komandiri Volgogradda majburiy qo‘nishga ruxsat so‘radi, shundan so‘ng samolyot muvaffaqiyat bilan qo‘ndirildi”, - deyiladi xabarnomada.
Samolyot bortida 50 yo‘lovchi bor edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish