Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WBA Chagayevga Braun bilan jang o‘tkazish majburiyatini yukladi
Jahon boks Assotsiatsiyasi (WBA) super og‘ir vaznda jahon chempioni Ruslan Chagayevga Lukas Braun bilan jang o‘tkazish majburiyatini yukladi. Bokschilarning vakillari 30 noyabrgacha jang haqida kelib olishlari kerak. Agar bir qarorga kela olishmasa unda WBA ishga kirishadi. Bu haqda "Olamsport.som" nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, Chagayev 17 oktabr sanasida Fres Okendoga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Okendoning jarohati sababli Chagayevga qarshi ringga chiqmadi va jang bekor qilindi.
Chagayev oxirgi jangini shu yilning 11 iyul sanasida Franchesko Pyanetaga qarshi ringga chiqdi va raqibini birinchi raundda nokautga uchratib g‘alabaga erishgandi.
Bundan oldinroq, Braun WBA o‘ziga Chagayev bilan jang qilish uchun ruxsat berishini intizorlik bilan kutayotganini bildirib o‘tgandi.