Sport | 19:18 / 18.11.2015
16246
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyadagi to‘rtinchi divizion jamoasi "mo‘'jiza ko‘rsatdi"

"Karlayl Yunayted" Angliya shimoli-g‘arbidagi jamoa. Bu jamoa Kambriya grafligida mavjud bo‘lgan yagona professional klub hisoblanadi. Kambriyaliklarda shu vaqtgacha to‘rtinchi divizionda futbol jamoalari borligi bilan faxrlanib yurishardi. Endi ularda faxrlanish uchun arzigulik boshqa sabab paydo bo‘ldi.

14-15 noyabr kunlarida graflikda juda qattiq jala quydi. 2 kun ichida butun oyga yetgulik yomg‘ir yog‘di. Natijada bu yomg‘irlar tufayli "Karlayl Yunayted"ning uy stadioni bo‘lmish "Branton Park" suvga to‘ldi. Shunday tasavvurlar hosil bo‘ldiki, yaqin vaqtlar ichida "ummonga aylangan" bu stadionda g‘avvoslar kiyimisiz harakatlanish mumkin emasdek edi.

Lekin suvga to‘lgan bu stadion bir kun ichida navbatdagi o‘yinga tayyor holga keltirildi.
Bunga jamoa xodimlarining barchasi va zamonaviy texnikalar shu ishga safarbar qilinishi orqali erishilgan.

 

Jamoaning rasmiy tvitterida bu jarayon batafsil yoritib borilgan.

"Karlayl Yunayted" jamoasi yoshlari 17 noyabr kuni Angliya ligasi kubogi doirasida "Donkaster"ga qarshi o‘yinni aynan shu maydonda o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish