Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Rossiya Antarktidadan yadroviy bomba materiallarini olib chiqdi
AQSh va Rossiya Antarktidadan yadroviy bomba yasash uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, hech kim tomonidan himoya qilinmayotgan radiofaol unsurlarga ega uskunalarni evakuatsiya qildi. Bu haqda Rossiya Antarktika ekspeditsiyasi rahbari, Rosgidromet Arktika va Antarktika ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Valeriy Lukin ma'lumot berdi.
“Qo‘shma Rossiya-AQSh dasturi doirasida Antarktikadan to‘rtta radioizotop termoelektrogenerator hamda ionlashtiruvchi nurlanishning to‘rt manbasi olib chiqib ketildi, ular turli uskunalar tarkibiga kirar edi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Lukinning aytishicha, uskunalar terrorchilar qo‘liga tushib qolishi ham mumkin edi, negaki qo‘riqlash ishlari yetarli darajada mukammal yo‘lga qo‘yilmagan edi.