12:59 / 18.11.2015
6990

Asaka shahrida “Butunjahon talabalar kuni”ga bag‘ishlab Yoshlar festivali o‘tkazildi

Kecha, 17 noyabr Andijon viloyati Asaka shahridagi  “Do‘stlik” kinoteatrining muhtasham zalida “Butunjahon talabalar kuni”ga bag‘ishlangan Yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi barcha kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarninng talaba yoshlari ishtirok etdilar.

Festival  avvalida Respublika va viloyat miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qish va jamoat ishlarida  o‘rnak bo‘layotgan bir guruh talabalarga tuman hokimligi va “Kamolot” YoIHning esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sodiqlik ruhidagi   sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Yosh iqtidor egalari  badiiy chiqishlari orqali diniy ekstrizm, terrorizm va mafkuramizga zid bo‘lgan yot oqimlarning salbiy jihatlarini ta'sirli tarzda ko‘rsatib berdilar. Iste'dodli sportchi yoshlar o‘z chiqishlari, yosh raqs ustalari ajoyib raqslari bilan yig‘ilganlarni xushnud qildi.

Taniqli san'atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar barchani davraga chorladi.  Bir so‘z bilan aytganda, asakalik yoshlar tadbirdan bir olam taassurot olganlari aniq.

Top