Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorolik shaxs o‘z qishloqdoshlarini Rossiyada noqonuniy ishlatganlikda ayblanib qamoqqa olindi
Buxorolik shaxs o‘z qishloqdoshlarini Rossiyada noqonuniy ishlatganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Qorako‘l tumanining Quvvacha qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Astap Qurbonov 2011 yili Rossiyadan qaytib kelib, u yerda ishi yaxshiligini, maoshni “ko‘kida” olayotganini aytib, bir guruh qishloqdosh yoshlarni to‘play olgan. Oson daromadga ishongan yoshlar unga ergashib Rossiyaga ketishgan.
2015 yil 5 aprelida Moskva viloyatining Kolomna shahriga yetib kelgan guruh og‘ir jismoniy mehnatga jalb qilingan. Qurbonov ularning pasportlarini olib qo‘yib, bepul ishlatgan.
Bir muddatdan so‘ng yurtiga qaytishga muvaffaq bo‘lgan yigitlar tegishli idoralarga murojaat qilishgan. Natijada Astap Qurbonov qo‘lga olinib, odam savdosida ayblanib qamalib ketgan.