11:55 / 18.11.2015
5567

Durov: IShIDning javobgarligi qancha bo‘lsa, Fransiya hukumatining javobgarligi ham shuncha

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Parijda sodir bo‘lgan oxirgi voqealarga munosabat bildirar ekan, Fransiya hukumatini keskin tanqid ostiga oldi.

“Bu sharmandalik – Parijni sotsialistlar qo‘lida ko‘rish”, - dedi u.
Uning fikricha, Fransiya mehnatsevar insonlarga juda katta soliqlar soladi, bu pullar esa Yaqin Sharqdagi befoyda urushga hamda Shimoliy Afrika muhojirlariga “parazitik jannat” yaratish uchun ishlatiladi.

“IShIDning javobgarligi qancha bo‘lsa, Fransiya hukumatining javobgarligi ham shuncha”, - xulosa qildi Durov.

Top