Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egasini yong‘indan qutqarib qolgan mushuk Shvetsiyada yil qahramoni deb topildi
O‘z egasini yong‘indan qutqarib qolgan Nalle laqabli mushuk Shvetsiyaning yil qahramoni, deb topildi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
Mana shu yilning avgust oyi kunlaridan birida Karlskrun shahridan yashovchi 23 yoshli Anni Narvefoshni mushugi uyg‘otadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yongan plastik hidini sezadi va mobil telefonni quvvatlantiruvchi qurilmaning yonayotganini ko‘rib qoladi. Narvefosh mushuk yordamida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inning oldini o‘z vaqtida oladi.
SVT kanalining kechki shou vaqtida Shvetsiya mushuklari orasida Nalle yil qahramoni deb topildi. Narvefoshning jonivori shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarning “yulduz”iga aylanib ketdi.
Qizning qo‘shimcha qilishicha, u endi tunlari telefonini quvvatlantirmayapti. Nallega keladigan bo‘lsak, u SVT kanali tomonidan tayinlangan o‘z sovg‘alari — chiroyli bo‘yinbog‘ va diplomini kutyapti.