08:37 / 18.11.2015
5404

Yevro-2016. Savatchalarning yakuniy tarkibi ma'lum bo‘ldi

17 noyabr kuni Shvetsiya va Ukraina pley-offdan muvaffaqiyatli tarzda o‘tgach, 2016 yilgi Yevropa chempionatiga chiqqan barcha 24 jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi.

12 dekabr kuni Parij shahrida YeVRO-2016 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda jamoalar quyidagi savachtalarda bo‘lishadi:

1-savatcha: Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Portugaliya, Belgiya

2-savatcha: Italiya, Rossiya, Shveytsariya, Avstriya, Xorvatiya, Ukraina

3-savatcha: Chexiya, Shvetsiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Vengriya

4-savatcha: Turkiya, Irlandiya, Islandiya, Uels, Albaniya, Shimoliy Irlandiya

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionatida ilk bor 24ta jamoa ishtirok etadi.

Top