Sport | 18:00 / 18.11.2015
2402
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA Blatter va Platinining apellyatsion murojaatini inobatga olmadi

FIFA Apellyatsiya qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platiniga nisbatan belgilangan jazo muddati bo‘yicha berilgan shikoyatlarni rad etdi, deya xabar beriladi FIFA press-relizida.

Ikkala mansabdor ham belgilangan jazo muddati – 90 kunlik futboldagi faoliyatidan chetlatilish jazosini o‘zgarishsiz o‘taydigan bo‘lishdi.

Endilikda Blatter va Platini FIFAning bu qaroridan norozi bo‘lishsa, Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Blatter va Platini deklaratsiya to‘ldirmagan holda, og‘zaki kelishuvga asosan 2 million shveysariya franki miqdorida mablag‘ni Platini hisobiga o‘tkazib berishda ayblanib, yuqorida qayd etilgan jazoga tortilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish