22:15 / 18.11.2015
22456

IShID A321 samolyoti bortiga o‘rnatilgan portlovchi qurilma suratini namoyish qildi

IShIDga aloqador jurnallardan biri 31 oktabr kuni Misr hududida qulagan A321 layneri bortiga joylashtirilgan bomba suratini chop qildi.

Ushbu suratda detonatorga ulangan Schweppes Gold ichimligi idishini ko‘rish mumkin.

Jangarilar bu qurilmani samolyotga olib chiqqan yo‘lovchilarning pasportlarini ham ma'lum qilishgan.

Ayni vaqtda mutaxassislar ushbu fotomaterialning ishonchligini tekshirishmoqda.

Biroz oldinroq, IShID jangarilari Parijdagi teraktlarni xursandchilik bilan kutib olishgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Misrning Sinay yarim orolidagi Sharm-ash-Shayx shahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yo‘l olgan A321 samolyoti yo‘lda qulab tushgan, uning bortidagi barcha 224 kishi halok bo‘lgandi.

17 noyabr kuni Rossiya FXX bu samolyot terakt tufayli halokatga uchraganini tasdiqladi.

Top