Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya politsiyasi IShID bilan aloqadorlikda gumon qilingan indoneziyalikni qo‘lga oldi
Janubiy Koreya politsiyasi IShID terroristik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilingan Indoneziya fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda 18 noyabr kuni Yonhap agentligi xabar qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli indoneziyalik mamlakat janubidagi Chunchon-Namdo provinsiyasida, o‘z uyida qo‘lga olingan. IShID bilan aloqadorlikdan tashqari,
hujjatlarni soxtalashtirish va immigratsion qonunchilikni buzish ayblari ham qo‘yilgan. U, shuningdek, IShID bilan bog‘liq sanaluvchi “Jabhat an-Nusra” guruhini qo‘llab-quvvatlaganlikda ham ayblanmoqda.