19:18 / 18.11.2015
4658

KUN.UZ dayjesti: 18 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 18 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Misr A321 samolyoti halokatida hech qanday jinoyat izi yo‘qligini ma'lum qildi>>

Misr tekshiruvlar natijasida A321 halokatida hech bir jinoyat izi yo‘qligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Eyfel minorasi portlash xavfi borligi sabab harbiylar tomonidan qurshab olindi>>

Eyfel minorasiga bomba qo‘yilgani haqidagi telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng, u harbiylar tomonidan qurshab olindi, deb xabar bermoqda CNN.

Norvegiya politsiyasi 1,5 ming qochqinni “yo‘qotib” qo‘ydi>>

Norvegiya politsiyasiga mamlakatdagi qochqinlar joylashgan markazdan 1,5 ming nafar kishining qayoqqa “yo‘qolgani” noma'lum bo‘lib turibdi.

Bashar Asad: Fransiya terrorchilikka qarshi Qatar va Saudiya bilan ittifoqlikda kurasha olmaydi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad Fransiyaning Valeurs Actuelles nashri bosh muharriri Iv de Kerdrel Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlariga munosabat bildirdi. Suhbat Damashqda bo‘lib o‘tdi.

Fransiya Suriyada IShID marralariga yangi zarbalarni berdi>>

Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian samolyotlar Suriyaning Raqqa shahridagi IShID obektlariga qarata yangi aviazarbalar turkumini yo‘llaganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda BFMTV telekanali.

OAV: A321 samolyotida bomba yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin>>

Sinay yarim orolida aviahalokatga uchragan samolyot yukxonada emas, balki yo‘lovchilar salonida qo‘yilgan bombadan portlagan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “Kommersant'”.

Obama: Rossiya Asadni qo‘llashdan IShIDga qarshi kurashga o‘tishi lozim>>

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya tez orada Suriya prezidenti Bashar Asadni “ko‘r-ko‘rona” qo‘llab-quvvatlashdan ko‘ra IShIDga qarshi kurashga jiddiy e'tibor berishini chin dildan istashini tan oldi.

AP Parij teraktida halok bo‘lganlarning ro‘yxatini e'lon qildi>>

Associated Press agentligi Parij teraktida halok bo‘lganlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini e'lon qildi.

Parijdagi aksilterror amaliyoti vaqtida ayol terrorchi o‘zini portlatib yubordi>>

Parij shimolidagi Sen-Deni tumanida Fransiya maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida qo‘lga tushishni istamagan ayol terrorchi o‘zini portlatib yuborishga ulgurgan.

OAV: AQSh Iroqdan neft sotib olish hajmini ikki barobarga oshirdi>>

AQSh 2015 yilning avgust-oktabr oylarida Iroq nefti importi hajmini ikki barobarga oshirib, kuniga 521 ming barrelga qadar yetkazdi. Bu haqda CNN telekanali 17 noyabr kuni e'lon qildi.

Terrorchilar Parijda yana bir terakt uyushtirishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi>>

Politsiyachilar tomonidan Parijning Sen-Deni tumanida qamal qilingan terrorchilar guruhi Fransiya poytaxti yana bir yirik terakt sodir qilishni rejalashtirishgandi. Bu haqda RTL telekanali xabar tarqatgan.

AQSh va Rossiya Antarktidadan yadroviy bomba materiallarini olib chiqdi>>

AQSh va Rossiya Antarktidadan yadroviy bomba yasash uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, hech kim tomonidan himoya qilinmayotgan radiofaol unsurlarga ega uskunalarni evakuatsiya qildi. 

Parij teraktida qurbon bo‘lganlarning barchasining shaxsi aniqlandi>>

Fransiya hukumati Parij teraktida halok bo‘lganlarning barchasi shaxsi aniqlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Foresight News nashri muxbiri o‘z tvitteri orqali xabar bergan.

Livan TIV: Bayrut terrorchilikka qarshi kurashda Rossiya yordamidan foydalanishi mumkin>>

Livan tashqi ishlar vaziri Jyebran Basilning qayd etishicha, Bayrutda terrorchilikka qarshi kurashishda Rossiyadan yordam olinishi mumkinligini inkor qilmadi, deya xabar bermoqda TASS.

FIFA Blatter va Platinining apellyatsion murojaatini inobatga olmadi>>

FIFA Apellyatsiya qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platiniga nisbatan belgilangan jazo muddati bo‘yicha berilgan shikoyatlarni rad etdi, deya xabar beriladi FIFA press-relizida.

Messi «Real»ga qarshi o‘yinda qatnashadi va adidas`ning yangi butsasini reklama qiladi>>

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Madridning "Real" jamoasiga qarshi kechadigan "El klasiko" bahsida maydonga tushadi va adidas firmasining yangi butsasini reklama qiladi. Bu haqida adidas kompaniyasiga asoslanib, Sport nashri xabar tarqatgan.

Turkiyalik muxlislar Gretsiyaga qarshi o‘yin arafasida 1 daqiqalik sukut o‘rniga hushtakbozlik qilishdi>>

UYeFA homiyligidagi o‘yinlarda Parij terakti qurbonlari xotirasiga hurmat sifatida 1 daqiqalik sukut saqlanishiga kelishib olingandi.

Top