19:39 / 18.11.2015
6683

KUN.UZ dayjesti: 18 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 18 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

NYT: mijozining sevgilisini tiriltirib beraman, deb 550 ming dollarini olgan ekstrasens firibgarlikda ayblandi>>

Nyu-yorklik ekstrasens o‘z mijozining sevgilisiga qayta jon bag‘ishlashga va'da berib, uning 550 ming dollarini o‘zlashtirgani sababli firibgarlikda aybdor deb topildi, deya yozmoqda The New York Times gazetasi.

Lego himoya shippaklarini taqdim etdi>>

Lego kompaniyasi konstruktor detallarini bosib olishga qarshi “anti-Lego” shippaklarini ishlab chiqdi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.

Britaniyada yashovchi er-xotin dunyodagi eng keksa juftlik sifatida e'tirof etildi>>

Britaniyalik er-xotin Jorj Kirbi va Dorin Laki dunyodagi eng keksa juftlik nomini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Metro.

Egasini yong‘indan qutqarib qolgan mushuk Shvetsiyada yil qahramoni deb topildi

O‘z egasini yong‘indan qutqarib qolgan Nalle laqabli mushuk Shvetsiyaning yil qahramoni, deb topildi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Qozog‘istonliklar 2016 yilda deyarli yilning uchdan bir qismi davomida dam olishadi

2016 yilning birinchi oyida Yangi yil va pravoslav Rojdestvosi nishonlanishi munosabati bilan qozog‘istonliklar 13 kun dam olishadi. 

O‘zbekistonda eksportbop qovunlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

Urganch tumanining Bekobod qishlog‘ida chet el investitsiyasi ishtirokida “Xorazm qovunlari” mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. 

Telefondan foydalanmasdan selfiga tushish imkonini beruvchi oyna yaratildi>>

AQShning Smart Ltd kompaniyasi mobil telefon yoki fotoapparatdan foydalanmasdan selfi olish imkonini beruvchi oyna yaratdi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri.

Barbie reklamasida birinchi marta o‘g‘il bola suratga tushdi>>

Mattel kompaniyasining Barbie qo‘g‘irchoqlari reklamasida ilk marotaba o‘g‘il bola tasvirga tushdi, deya xabar bermoqda Mashable.

2 nafar gollandiyalik tibbiyot xodimlari qiyofasida 1,6 mlrd funtlik narkotik tashiyotganida qo‘lga tushdi>>

Tez tibbiy yordam uchun ishlatiladigan mashina ko‘rinishidagi soxta avtomobil yordamida ikki nafar gollandiyalik Buyuk Britaniya hududiga 1,6 mlrd funtlik geroin va kokain moddalarini olib kirmoqchi bo‘lgan, deya xabar bermoqda The Guardian.

Angliyadagi to‘rtinchi divizion jamoasi "mo‘'jiza ko‘rsatdi">>

"Karlayl Yunayted" Angliya shimoli-g‘arbidagi jamoa. Bu jamoa Kambriya grafligida mavjud bo‘lgan yagona professional klub hisoblanadi. Kambriyaliklarda shu vaqtgacha to‘rtinchi divizionda futbol jamoalari borligi bilan faxrlanib yurishardi. 

Metroda musulmon ayolni himoya qilgan britaniyalik erkak internetda nom qozondi>>

Londonlik Eshli Pouis o‘z xatti-harakatlari bilan internet foydalanuvchilarining mehrini qozondi. U metro bekatida yosh musulmon ayolni agressiv kayfiyatdagi bir yo‘lovchidan himoya qildi.

Shohjahon Jo‘rayev 80- yillar xitini yangicha talqinda ijro etdi>>

O‘tgan asrning 80- yillarida xitga aylangan taronalardan biri – “Chekka bir qishloq” qo‘shig‘i Shohjahon Jo‘rayev tomonidan yangicha talqinda ijro etildi. Mazkur taronaning she'ri va musiqasi Halimjon Jo‘rayevga tegishli.

Top