15:48 / 18.11.2015
4381

Lill-1 universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Shaharsozlik kelajagi: shaharsozlik, demografiya va barqaror rivojlanish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Turkiston-press” axborot agentligi xabar qildi.

Ikki kun davom etgan tadbirda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining til va universitetlar hamkorligi masalalari bo‘yicha attashesi Fredrik Viyom, Fransiyaning Lill-1 universiteti hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, xalqaro ekspertlar mavzu yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.

Seminar yakunida Lill-1 universiteti hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar va anjumanlar o‘tkazishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Top