Jamiyat | 07:48 / 18.11.2015
2730
1 daqiqa o‘qiladi

London meri to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida "Marseleza" madhiyasini kuyladi

London shahri meri Boris Jonson to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida Fransiya madhiyasini ("Marseleza") kuyladi. Bu haqda SkyNews telekanali xabar tarqatgan.

Jonson SkyNews telekanali efirida, Angliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi arafasida "Marseleza"dan parcha ijro etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish