09:58 / 18.11.2015
2364

Medvedev dunyoni terrorga qarshi birlashishga chaqirdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari sammitidagi chiqishida barchani terrorga qarshi birlashishga chaqirdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Bizning samolyotimizga qarshi uyushtirilgan terakt va Parijdagi terrorchilik hujumi ulkan insoniy yo‘qotishdir. Bu voqealar xalqaro siyosiy kun tartibini keskinlashtirdi. Urush butun madaniyatli dunyoga e'lon qilindi, tahdid global va, afsuski, mutlaqo realdir”, - dedi u.

U “Rossiya bilan ishlashni istamaydigan” ayrim davlatlarni koyidi: “Biz ruslarga boykot e'lon qildik, ular bilan do‘st bo‘lmaymiz, ularni izolyatsiya qilamiz. Shunga o‘xshash”.
Uning ta'kidlashicha, “Rossiya bu aloqalarsiz ham yashay oladi”, “yolg‘izlikda terrorga qarshi tura” va “bu jangda g‘alaba qozona oladi”. “G‘arb ham turib bera oladi, lekin masala – qanday yo‘qotishlar evaziga”.
“Mening ishonishimcha, biz birga bo‘lishimiz lozim”, - xulosa qildi siyosatchi.

Top