O‘zbekiston | 12:04 / 18.11.2015
3484
1 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi Silk Road Insurance litsenziyasini bekor qildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Silk Road Insurance aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasi litsenziyasining amal qilishi tugatildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar qilindi.

Xabarda keltirishicha, “Silk Road Insurance” aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining arizaga asosan unga berilgan 2014 yil 25 iyuldagi seriyasi SF 00195-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2015 yil 3 noyabrdan tugatildi.

Silk Road Insurance ma'lumotiga ko‘ra, kompaniya faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Kompaniya endilikda sarmoviy faoliyat bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan.
Silk Road Insurance kompaniyasiga 1991 yilning 28 noyabrida asos solingan bo‘lib, ustav kapitali 4,167 milliard so‘mni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish