Jahon | 16:22 / 18.11.2015
2770
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Suriyada Rossiya va Isroil harbiylarining harakatlari muvofiqlashtirilayotganini tasdiqladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil va Rossiya harbiylari mojaroli vaziyatlardan qochish maqsadida Suriyadagi harakatlarini muvofiqlikda olib borayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqladi.

Koordinatsiya mexanizmi sifatida Suriyadagi Rossiya aviabazasi va Isroil HHK boshqaruv shtabi o‘rtasida bevosita aloqa tarmog‘i o‘rnatilgani aytib o‘tildi. Ushbu hamkorlik Netanyaxuning Moskvaga uyushtirgan tashrifi vaqtida tasdiqlangan hamda har ikki mamlakat bosh shtablari o‘rtasida maslahatlashuvlar natijasi bo‘yicha aniqlashtirib olingan edi.

“Bizlarga uchuvchilarimizning bir-biriga xalal bermasligi kafolatlanishi kerak, shuning uchun mojarolardan qochish mexanizmi ishlab chiqildi”, - dedi Netanyaxu Quddusdagi konferensiyada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish