08:41 / 18.11.2015
3474

Norvegiya politsiyasi 1,5 ming qochqinni “yo‘qotib” qo‘ydi

Norvegiya politsiyasiga mamlakatdagi qochqinlar joylashgan markazdan 1,5 ming nafar kishining qayoqqa “yo‘qolgani” noma'lum bo‘lib turibdi. Verdens Gang gazetasining seshanba kungi sonida ma'lum qilinishicha, g‘oyib bo‘lganlar orasidan ming nafari Norvegiya hukumatidan rad javobini olishgan, ammo muddat o‘tsada mamlakatni tark etishmagan edi.

Yana 250 nafar kishi ularning hujjati Norvegiya immigratsiya bo‘yicha milliy boshqarmasida ko‘rib chiqilayotgan payt politsiyadan berkinishni afzal bilishgan.
Boshqarma jurnalisti Xokon Fenstadning aytishicha, ayni damda mamlakatga kelgan qochqinlar faqat ular uchun ajratilgan tekin markazlarda yashasin, degan qonun mavjud emas. Muhojirlar istagan yerlarida istiqomat qilishlari kerak.

Faqat ular keyinchalik biror kor-hol chiqmasligi uchun o‘z turar-joylari haqida politsiyani ogohlantirib qo‘yishlari lozim. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta 27,5 ming ana shunday “tark etuvchilar” ro‘yxatdan o‘tgan.

Top