15:29 / 18.11.2015
5912

NYT: mijozining sevgilisini tiriltirib beraman, deb 550 ming dollarini olgan ekstrasens firibgarlikda ayblandi

Nyu-yorklik ekstrasens o‘z mijozining sevgilisiga qayta jon bag‘ishlashga va'da berib, uning 550 ming dollarini o‘zlashtirgani sababli firibgarlikda aybdor deb topildi, deya yozmoqda The New York Times gazetasi.

Nashr xabariga ko‘ra, 26 yoshli Prisilla Kelli Delmaro tergov jarayonida o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Ayni paytda u shartli ravishda to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 33 yoshi mijozi Nayl Raysning sudda ko‘rsatma berishicha, ekstrasens huzuriga birinchi marta 2013 yilda borgan. Firibgar qabul qilayotgan narkotik moddasi me'yorini oshirib yuborgani sababli olamdan o‘tgan sevgilisini hayotga qaytara olishiga Raysni ishontirgan. Birinchi uchrashuvdan so‘ng jabrlanuvchi ekstrasensga muntazam ravishda yirik miqdorda pul to‘lab turgan. Hattoki bir marta 40 ming dollarga Tiffany uzugini sotib olib bergan.

“Hayotimning og‘ir vaqtlari edi. Yaqin kishingizdan ayrilib qolsangiz, nima qilardingiz? Kimlardin ahmoqlik deyishi mumkin, biroq siz muayyan muammoni boshdan o‘tkazgandan so‘ng yaralangan kishisiz, shunda odamlarga ishongingiz keladi”, - dedi Rays gazetaga bergan intervyusida.

Top