Jahon | 09:43 / 18.11.2015
1950
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Pan Gi Mun 23 noyabr kuni ilk marta KXDRga tashrif buyuradi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga tashrifi 23 noyabr kuni yuz beradi. U bu mamlakatga ilk safarini bir necha kun davom ettiradi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Shimoliy Koreya TIV rahbari Li Xun Sik esa bu ma'lumot haqida hech narsa bilmasligini aytib o‘tgan.

Biroz oldinroq, shu haftada Pan Gi Mun Shimoliy Koreyaga safar uyushtirishi haqida xabar qilingandi.

Ushbu tashrif Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi ziddiyatni yaxshilashga va Shimoliy Koreya yadro dasturi bilan bog‘liq xavfli vaziyatni hal etishda yordam berishi kutilayotgani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish