19:29 / 18.11.2015
4885

Obama Alibaba Group rahbaridan intervyu oldi

Osiyo-Tinch okeani sammiti doirasida AQSh prezidenti Barak Obama xitoylik tadbirkor, milliarder va Alibaba Group (Aliexpress internet-maydoniga egalik qiladi) direktorlar kengashi raisi Jyek Maga bir nechta savol bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Suhbat jarayonida Obama Madan davlat biznesini rivojlantirishi uchun yosh tadbirkorlarga qanday qilib yordam berishi mumkinligini so‘radi. “Davlat bilan hammasi oddiy: ular uchun soliqlar miqdorini kamaytirish yoki butunlay bekor qilish kerak”, - dedi xitoylik tadbirkor. Davomidan Jyek Ma Alibaba Group`ning yangi bozorlar, jumladan, Braziliya va Rossiyaga sarmoya kiritish to‘g‘risidagi rejalariga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Jyek Ma Alibaba Group olti yil davomida har yillik daromadining 0,3 foizini global iqlim o‘zgarishi muammolarini yechishga qaratilgan izlanishlarni olib borayotgan yosh olimlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun ajratishini ma'lum qildi.

Top