Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland Rossiya va AQSh bilan birga IShIDga hal qiluvchi zarba berishga va'da qildi
Fransiya prezidenti Fransua Olland BFM efirida Rossiya va AQSh bilan IShIDni yo‘q qilish uchun keng koalitsiya yaratishga va'da berdi.
“Men keyingi seshanba Barak Obama va Vladimir Putin bilan bu maqsadga qisqa muddatlarda erishish maqsadida birgalikda ishlashda sa'y-harakatlarimizni koordinatsiya qilish uchun Vashingtonga, payshanba kuni esa Moskvaga boraman. Biz hal qiluvchi zarbani berish uchun keng koalitsiya shakllantirishimiz kerak”, deb aytdi Parij chetidagi Sen-Deni shaharchasidagi politsiya operatsiyasiga izoh berib Olland.
Olland jinoyatchilarni qo‘lga olish va yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan samarali operatsiya uchun huquq-tartibot muassasalari xodimlarini maqtadi.